Nagelsmann va Myuller "Oltin to'p"ni Levandovskiga berishga chaqirmoqda

Sherzod Nurmatov
28 noya 2021, 20:08
"Bavariya"dagilar nufuzli mukofot polshalikning qo'lida bo'lishi lozim deb hisoblashmoqda.

"Hech kim "Oltin to'p"ga Robert Levandovskichalik haqli emas", – dedi myunxenliklar ustozi Yulian Nagelsmann.

"Levandovski yutishi kerak. Nuqta. U ushbu mukofotga loyiq. Uning Polsha terma jamoasi bilan nima qilayotganiga qarang – bu haqiqiy top-klubda o'ynashdan ham qiyinroq. Aytishim kerakki, dunyoning hech bir futbolchisi individual jihatdan undan yaxshiroq o'ynamadi", – dedi "Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller. 

Mukofotni topshirish marosimi 29 noyabr kuni Parijning Shatle teatrida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p" 2020 yilda tarixda ilk bor COVID-19 pandemiyasi tufayli topshirilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern&Germany