

“Raqibni tahlil qilsam, ularning natijalariga qarab o'tirmayman. Ularning qanday gol urishi, o'tkazib yuborishi, hujum, qarshi hujum qilishi va boshqa ko'p jihatlarini tushunishga harakat qilaman. Sizga to'g'risini aytishim mumkinki, shogirdlarimdan birortasi ham MYU kuchsiz jamoa deb o'ylamaydi.
Ular mavsum startini ijobiy boshlay olmaganidan xabardormiz. Biroq, ular Yevropa buyuk nomga ega dunyoning eng yaxshi klublaridan biri hisoblanadi”, deydi mutaxassis.



