

"Bavariya" YCHLning 5-turi doirasida "Kamp Nou" stadionida yirik – 3:0 hisobida "Barsa"ni mag'lub etdi.
35 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar bilan to'rtta o'yin o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Myunxenliklar o'tgan mavsumda ham "Barsa"ni ikki marta mag'lub etishgandi.
Nagelsman YCHLda "Barsa"ni to'rt marotaba mag'lub eta olgan birinchi murabbiy bo'ldi.



