

Turnir 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etadi.
"Favoritni aniqlash oson emas. Bunday musobaqada nimanidir bashorat qilish qiyin. Mening nazdimda, favoritlar – Braziliya, Ispaniya, Argentina, Fransiya, Germaniya va Portugaliya. Boshqa ishtirokchilarda ham imkoniyat bor, balki kimdir sensaciya qilishi mumkin", – dedi ispaniyalik tennischi.
Eslatib o'tamiz, amaldagi Jahon chempionlari fransiyaliklardir. Dide Desham shogidlari finalda Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etib, JCH-2018 g'olibiga aylanishgan.



