

Uchrashuvning 15 soniyasidanoq mezbonlar yarimhimoyachisi Nabi Keyta jamoadoshi Muhammad Salohning uzutmasidan so'ng, raqib darvozasini ishg'ol etib, qizillarni oldinga olib chiqdi. Mazkur aniq zarba mersisaydliklarning joriy mavsum chempionatda kiritgan yubiley 100-goliga aylandi. Shuningdek, Keyta Liverpulning APL doirasida raqiblar darvozasiga eng tezkor gol urgan futbochi sifatida klub tarixidan joy oldi



