MYUning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
1 noya 2018, 23:27
"Manchester Yunayted" muxlislari jamoaning o'tgan oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini aniqlab olishdi.

Unga ko'ra, muxlislar Antoni Marsyalni bu nomga loyiq ko'rishdi. Fransiyalik futbolchi 76 foiz ovoz to'pladi va bu borada Viktor Lindelof (16 foiz) va Pol Pogbani (8 foiz) ortda qoldirdi.

Marsyal oktyabr oyida APLning 3 o'yinida qatnashdi va unda 4 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd