

"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller YCHL guruh bosqichida "Barselona" bilan bir guruhga tushgani haqida gapirdi. Ma'lumot uchun, ushbu guruhda yana "Inter" va "Viktori Plzen" jamoalari bor.
"Futbol muxlislari uchun qanday ajoyib qura! Janob Levangolski, Myunxenda ko'rishguncha. Olg'a, YCHLni yondiramiz!", -deydi Tomas Myuller o'z instagram sahifasiga joylagan videoda.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Barselona" ketma-ket uch mavsumdan beri YCHLda to'qnash keladigan bo'lishdi. 2020 yil ikki klub chorak finalda to'qnash kelishgan bo'lsa, keyingi ikki mavsum ularning yo'llari guruh bosqichida kesishmoqda.


