Myuller: "Bu yerdan ketish men uchun juda qiyindek tuyuladi"

Mirjalol Normatov
24 apr 2022, 18:28
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller klubdagi rejalari haqida o'rtoqlashdi.

"Chempionlikni tezroq rasmiylashtirishi istadik. So'nggi paytlarda juda ko'p ko'ngilsizliklar bo'ldi. Shunday vaziyatda Germaniya chempioni bo'lish ajoyib holat bo'ldi. Albatta, YCHLdagi g'oliblik, balki, tort ustidagi bezak bo'lishi mumkin edi. Aynan shuni muxlislar bizdan kutishayotgandi.

Kelajagim? Bu yerdan ketish men uchun juda qiyindek tuyuladi", - dedi Myuller.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Germany