MYU, "Yuventus" va PSJ "Monako" futbolchisiga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
16 noya 2023, 09:52
Yevropaning top klublari Yussuf Fofanani kuzatmoqda.

"Monako" futbolchisiga eng katta qiziqish "Yuventus" tomonidan bo'lmoqda. Turinliklar skautlari bir necha marotaba uning o'yinlarini kuzatish uchun borishgan. 

24 yoshli futbolchiga shuningdek PSJ va MYU tomonidan ham qiziqish bor. Ingliz klubi bir necha kun oldin futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi ham bo'lgan. Ammo bu taklif "Monako"ga maqul kelmagan. 

Xavbekning "Monako" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport