MYU yangi ustozi: "Manchester Siti" - dunyoning eng yaxshi jamoasi, Gvardiola esa eng yaxshi murabbiy"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2024, 01:21
Ruben Amorim "Manchester Siti"ni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb atadi.

Amorim qo'l ostidagi "Sporting" va "Manchester Siti" UEFA Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvida to'qnash keladi.

"Men uchun "Sporting" ustozi sifatida yana bitta o'yinim bor. Menga "Sporting" ustozi sifatida baho berishadi. Bu muhim uchrashuv.

U (Gvardiola) - dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Bu "Manchester Yunayted" muxlislariga og'ir botishi mumkin, ammo fikrimcha, "Manchester Siti" - dunyoning eng yaxshi jamoasi" - dedi Ruben Amorim.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport