MYU Xitoy futboli yulduziga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
4 yanv 2019, 21:55
"Manchester Yunayted" "Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karraskoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Foot Mercato" xabariga ko'ra, Angliya jamoasi futbolchini qishdayoq transfer qilmoqchi. Biroq bu juda ham qiyin bo'ladi. Futbolchi Xitoyda yiliga 10 million evro maosh olmoqda.

Belgiyalikka "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli Karrasko o'tgan yozda 30 million evro evaziga "Atletiko"dan "Dalyan Ifan"ga o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Foot Mercato