MYU Xeylundni 30 mln funtga sotishga tayyor

Alisher Ostonov
3 avg 2025, 19:46
"Manchester Yunayted" Rasmus Xeylund bilan xayrlashishga tayyor.

Klub hujumchini 30 mln funtga sotishga tayyor. Daniyalikning ketishi Benyamin Sheshkoning ehtimoliy transferi kontekstida ro'y berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" 2023 yilda Xeylundni 74+10 mln evroga sotib olgan edi.

Rasmus o'tgan mavsum APLda 32 ta o'yinda 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: BBC