MYU va PSJ 110 mln. evrolik futbolchiga da'vogar

Aslanov Jasurbek
4 mar 2024, 20:43
"Manchester Yunayted" va PSJ Viktor Osimxen uchun kurashadi.

Bu klublar "Napoli" hujumchisi uchun asosiy da'vogarlardan bo'lib turishibdi. Nigeriyalikning shartnomasidagi tovon puli 110 mln. evro.

Jim Retkliff MYUning boshqaruv akciyalarini xarid qilganidan so'ng uzoq muddatga mo'ljallangan aqlli transferlarni amalga oshirmoqchi. Osimxen xaridi futbolchining yoshi va uning taktik universalligini hisobga olganda, strategiyaga mos transfer bo'ladi.

PSJ 25 yoshli forvardni Kilian Mbappe o'rniga olib kelishni reja qilyapti. Klubdagilar fikricha, Viktor Luis Enrike qo'llaydigan pressing uslubiga mos tushadi.

Osimxen joriy mavsum A Seriyaning 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent