MYU skautlari "Tottenxem" - "Yuventus" uchrashuvini kuzatishadi

Mirjalol Normatov
7 mar 2018, 15:03
Bugun Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Tottenxem" - "Yuventus" uchrashuvi o'tkaziladi.

"TMW" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati o'z skautlarini "Yuventus" a'zosi Paulo Dibalaning o'yinlarini kuzatish uchun yuboradi. Mankunianliklar futbolchini transfer qilish uchun ancha vaqtdan buyon harakat qilmoqda.

Ma'lumot uchun, tomonlarning 1/8 finaldagi birinchi uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TMW