MYU skauti "Rubin" - "Spartak" uchrashuvini kuzatdi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2018, 15:10
"Rubin" hamda "Spartak" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 12-tur uchrashuviga "Manchester Yunayted" skauti Kristo Kilibarda tashrif buyurdi.

Kilibarda sharqiy Yevropada to'p tepadigan iqtidorli futbolchilarni izlash bilan shug'ullanadi. Skaut kimni kuzatgani ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, "Rubin" hamda "Sparta" o'rtasidagi RPLning 12-tur uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi. Gollarni himoyachilar Dmitriy Kombarov va Egor Sorokinlar urishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com