MYU Sanega davogar

Aslanov Jasurbek
19 may 2016
"Manchester Yunayted" "Shalke-04" yarim himoyachisi Leroy Sane xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi bir necha oydan beri 20 yoshli futbolchini kuzatmoqda. Mankunianlar Sane jamoaga foyda keltirishiga shubha qilishmayapti.

Oldinroq "Real" Saneni xarid qilmoqchi ekanligi, ammo Gelzenkirxen klubi futbolchi bilan xayrlashishni xohlamayotgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal