

24 yoshli futbolchining amaldagi bitimi ushbu mavsum oxirida yakun topadi. "Old Trafford" egalari ushbu kelishuvni 2024 yil yoziga qadar uzaytirish imkoniga ega. "Qizil iblislar" istedodli hujumchini yana uzoq yillar jamoa bilan bog'lash uchun unga yangi shartnoma taklif qilishadi.
Markus Reshford ayni paytda Angliya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Uning hisobida hozircha 3 ta o'yinda kiritilgan 3 ta to'p mavjud.



