MYU qishki transferlar oynasida Pogbani qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
18 dek 2019, 18:30
"Manchester Yunayted" yetakchilaridan biri Pol Pogba bilan xayrlashmoqchi emas.

Pol Pogbaning o'zi esa qishki transferlar oynasida klubdan ketishni xohlamoqda.

Ammo, shunga qaramay "qizil iblislar" rahbariyati fransiyalik futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Pogba jarohati tufayli allaqachon jamoasining 16ta o'yinini o'tkazib yuboradi. Xabarlarga qaraganda, unga "Real" klubi jiddiy qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS