MYU qishda "Tottenxem" himoyachisini sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
10 dek 2018, 20:18
Yanvar oyida "Manchester Yunayted" klubi "Tottenxem"ning markaziy himoyachisi Tobi Alderveyreldni sotib olishga urinib ko'radi.

Buni "The Sun" nashri tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik "shporlar" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda. Uning o'yinlari mankunianliklar ustozi Joze Mourinyuning e'tiborini tortgan. MYU Tobining transferiga 40 million funtdan ko'p bo'lmagan miqdorda pul sarflashni mo'ljallamoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun