MYU o'yinchisi Dominikandagi sirli o'limlardan so'ng mehmonxonani tark etdi

Alisher
12 iyun 2019, 15:10
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo kurort davlatlardan biri hisoblanadigan Dominikan Respublikasida hordiq chiqardi.

Argentinalik futbolchi Karib orollaridagi sirli o'limlar seriyasidan so'ng ketishga qaror qilgan.

Hard Rock Hotel mehmonxonasida, aprel oyida 67 yoshli AQSH fuqarosi Robert Bell Uolles vafot etdi. Uolles ungacha xonasidagi mini-bardan viski ichgan. Bir oy o'tib esa o'sha mehmonxonada 51 yoshli Miranda Shaup-Verner halok bo'lgan. U ham mini-bardan ichimlik ichgan edi. 5 kun o'tib esa boshqa mehmonxonada yana bir AQSH fuqarosi o'lik holda topilgan.

Dominikandagi barcha mehmonxonalarda so'nggi oylarda 6ta amerikalik turist vafot etgan.

Roxo esa bular haqida borganidan so'ng xabar topgan.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli argentinalik futbolchi "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror