MYU Onana bo'yicha “Inter”ga birinchi rasmiy taklifni yubordi

Alisher
4 iyul 2023, 09:07
“Manchester Yunayted” Andre Onana bo'yicha “Inter”ga birinchi rasmiy taklifni yubordi.

 “Qizil iblislar” futbolchi uchun 40 million evro va 5 million evro bonus berishga tayyor. Biroq bunday taklif milanliklarni qoniqtirmadi. “Inter” asosiy darvozaboni uchun 50+10 million ko'rinishidagi mablag'ni olmoqchi.


Onana o'tgan yozda “Inter” safiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. U A Seriya doirasida 24 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru