

Metro nashrining xabar berishicha, yozgi transfer oynasida Angliya klubi himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. MYU skautlari 23 yoshli shvedni o'nlab o'yinlar davomida kuzatib, baholab chiqqan. Klub uni shu yozda transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Burgutlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu shved himoyachisining mahoratini yuqori baholagan.
"U men bu erga kelganimdan beri o'zini ajoyib ko'rsatdi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi. U har bir o'yinning har bir daqiqasida maydonda. U himoyada juda ishonchli va hujumda barqaror. Bu - eng yuqori darajadagi o'yinchi", - degan Mourinyu.
Dalning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha tuzilgan.



