MYU Milan futbolchisiga 50 million evro berishga tayyor

Khoja
11 dek 2024, 10:55
Milan asosiy futbolchilaridan biri Teo Ernandesni Manchester Yunaytedga sotishga tayyor.

Qizil iblislar himoyachi uchun 50 million evro to'lashga tayyor va bu summa milanliklarni qoniqtirmoqda. Teoga shuningdek, Real Madrid ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum 27 yoshli futbolchi 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ikkitadan gol va golli uzatma amalga oshirdi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com