MYU Matich bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
17 mar 2020, 19:29
"Manchester Yunayted" rahbariyati tayanch yarim himoyachisi Nemanya Matich bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, yangi kelishuv 1+1 ko'rinishiga ega. Shuningdek, Matich klubda undan ham ko'proq qolishga rozi bo'lgan. 31 yoshli Matich 2017 yilda "qizil iblislar" tarkibiga kelib qo'shilgandi.

Serbiyalik ushbu mavsumda jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'lmadi. U 22 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports