MYU Lingardning maoshini oshiradi

Mirjalol Normatov
11 mar 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard jamoa tarkibida eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda.

Shu boisdan "qizil iblislar" rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi "Daily Star" nashri. Shuningdek, "Yunayted" uning maoshini ham oshiradi.

Ayni damda Jessi jamoada haftasiga 75 ming funt maosh olmoqda. Ma'lumotga ko'ra, uning maoshi haftasiga 100 ming funtgacha ko'tariladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star