MYU "Kristal Pelas" vingeri uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
3 may 2024
Futbolchiga boshqa davogarlar ham bor.

"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" vingeri Maykl Olise uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchi uchun tovon puli miqdori 50-60 million evroni tashkil qiladi. Ushbu band mavsum oxirida faollashtirilishi mumkin. Futbolchiga "Chelsi", "Arsenal" va "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.

Olise 2021 yildan beri London klubida o'ynab kelmoqda. 22 yoshli fransiyalik futbolchi ushbu mavsum APLda 16 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN