MYU koronavirus sabab Ispaniyadagi mehmonxonasini o'zgartirdi

Alisher
13 fev 2020
"Manchester Yunayted" Marbelyadagi yig'inda mehmonxonasini o'zgartirdi.

Sababi shundaki, o'tgan hafta Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi shu mehmonxonada turgan. Qayd etish kerakki, ushbu klubni taniqli Rafael Benites boshqaradi.

"Manchester Yunayted" esa tavakkalga ko'l urmagan holda boshqa mehmonxonaga o'tishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, MYU APLda 25 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 8-o'rnida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail