“MYU” ketma-ket sakkizinchi g'alabasiga erishdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2017, 22:40
“Manchester Yunayted” g'alabali yurishini davom ettirmoqda.

Joze Mourinyo jamoasi Angliya kubogi doirasida “Reding”ni mag'lub (4:0) etdi. Bu ularning barcha turnirlarda qatorasiga sakkizinchi g'alabasi bo'ldi.

Bungacha manikunianliklar ketma ket “Zarya” (2:0), “Totenxem” (1:0), “Kristal Pelas, (2:1), “Vest Bromvich” (2:0), “Sanderlend” (3:1), “Midsbro” (2:1) va “Vest Xem (2:0)ni taslim etishgandi. Manchesterliklar 2009 yil sentyabr oyidan buyon ilk marta qatorasiga 8 ta bahsda g'olib chiqishning uddasidan chiqishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta