MYU katta maosh oluvchi bir qancha futbolchilar bilan xayrlashmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2023, 12:13
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi katta maosh oluvchi futbolchilarni qo'yib yuborishga tayyor, deya xabar berdi The Independent.

"Qizil iblislar" allaqachon 31 yoshli yarim himoyachi Kazemiro, 30 yoshli himoyachi Rafael Varan va 23 yoshli yarim himoyachi Jeydon Sanchoni transferga qo'ygan. Klub boshqa futbolchilar borasidagi takliflarni ham tinglashga tayyor.

Avvalroq MYU ustozi jamoa o'yini yaxshilanayotganini ma'lum qilgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent