"Manchester Yunayted" klubi "Inter" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyarni sotib olmaydi.
Bu haqda "Manchester Evening News" xabar berdi. O'yinchiga mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo faol tarzda qiziqayotgan edi. Lekin, MYU rahbariyatini futbolchining 85 million evrolik transfer qiymati qoniqtirmayapti.