MYU Grinvudni qaytarish rejasini tuzdi. Unda futbolchini mashg'ulotda qanday suratga olish va ten Xag jurnalistlar savollariga qanday javob berishi yozilgan

Aslanov Jasurbek
18 avg 2023, 20:42
"Manchester Yunayted" Meyson Grinvud qaytishi bo'yicha reja tuzdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU tuzgan reja shunchaklik mukammalki, unda mashg'ulotdagi suratlar qanday bo'lishi, bosh murabbiy Erik ten Xag jurnalistlar savollariga qanday javob berishi kerakligi yozib qo'yilgan.

Bundan tashqari, o'sha hujjatlarda Grinvud qaytishiga qarshi yoki aksi bo'lgan jurnalist, siyosatchilar ismlari keltirilgan.

Rejada bu insonlar kategoriyalarga bo'lingan: "Qo'llab-quvvatlovchilar", "neytral munosabatdagilar" va "dushmandek qaraydiganlar". Hujjatda uyda sodir bo'ladigan zo'ravonliklarga qarshi kurashuvchi bir qator xayriya tashkilotlari "dushmandek qaraydiganlar" ro'yxatiga kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning fevral oyida "Manchester Yunayted" hujumchsi Meyson Grinvuddan qizni zo'rlash aybi olib tashlangan edi. U 2022 yilning yanvaridan beri maydonga tushmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic