MYU futbolchisi yozda "Barselona"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 15:53
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata yozda erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xavbek ko'k-anorranglilar bilan 2 yillik shartnoma tuzmoqchi, "Barselona" esa bu muddatga rozi emas.

30 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, shu sababli u boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" Mata bilan 1+1 sxemasi bo'yicha bitim tuzmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Xuan 2014 yilning yanvaridan beri MYU sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es