MYU futbolchisi "Barsa"ga emas, "Inter"ga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 may 2018, 21:50
"Manchester Yunayted" himoyachisi Deyli Blind "Inter"ga ko'chib o'tishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi ushbu mavsumdan keyin jamoani tark etadi. Ayni damda u yangi jamoa izlamoqda.

"Inter" vakillari esa u bilan muzokaralarni boshlashga tayyor turibdi.

Oldinroq u "Barselona"ga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Bu mavsumda Blind "Yunayted" tarkibida 16 uchrashuv o'tkazib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun