"MYU" futbolchilari Pogbaning sotilishini xohlaydi

5 fev 2020, 02:05
“Manchester Evening News” xabariga ko'ra, fransiyalik yarim himoyachi jamoadoshlariga klubdan ketishni xohlayotganini ma'lum qilgan.

“Manchester Yunayted“ futbolchilari ham yozda Pogbaning sotilishini istashadi. Eslatib o'tamiz, turli jarohatlar sababli Pol joriy mavsum atigi 6 o'yinda maydonga tushgan.

Uning klub bilan hamkorligi kelgusi yilning yoziga qadar amal qiladi. Shuningdek, hamkorlik bitimidagi bandga ko'ra, shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News