

"Borussiya" Dortmund va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun navbatda "Liverpul" peshqadamlik qilayotgani bois "qizil iblislar" ushbu raqobatdan chiqishni afzal ko'rishdi.
19 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan Mersisayd klubiga yo'l oladi. Bundesliga klubi ham uni qo'yib yuborishga qarshi emas, faqatgina ular talab qilayotgan 150 mln evroni to'lab qo'yishsa bo'ldi.
Jud Bellingem Qatardagi mundialda "uch sherlar" libosida terma jamoasining barcha 4 o'yinida munosib ishtirok etdi va 1 ta gol urib, 1 ta assist qayd etdi. Jud termaning boshqa yetakchilari qatorida musobaqaning chorak final bosqichida Fransiya to'sig'idan o'tishda jamoasiga yordam berishga urinib ko'radi.



