MYU "Atalanta"dan Traoreni xarid qiladi

5 okt 2020, 20:07
Bergamoning "Atalanta" klubi vigeri Amad Traore faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Manchester Yunayted" rahbariyati 18 yoshli ivuarlik futbolchi uchunn 30 million evro (+bonuslar) to'lashga rozi bo'ldi. Ingliz jamoasi mutasaddilari iqtidorli yarim himoyachining kelajagi porloqligiga ishonadi.

Biroq, Traore "Yunayted" tarkibiga 2021 yilning yanvarida qo'shiladi. Chunki u italyan pasporti va ishlash uchun ruxsatnoma olishi kerak.


Manba: twitter.com/FabrizioRomano