MYU Arturo Vidalga qiziqib qoldi

24 yanv 2018, 09:08
“Bavariya” yarim himoyachisi yozda klub safini tark etishi kutilmoqda.

Bunga sabab klub o'z safiga Leon Goreckani qo'shib olgani bo'lmoqda. Vidal bundan norozi va klubni almashtirishni o'ylab qoldi. Yuzaga kelgan holatdan yaqindagina Chili terma jamoasi a'zosi Aleksis Sanchesni o'z safiga qo'shib olgan MYU foydalanib qolmoqchi.

Ma'lumot uchun Vidal ushbu mavsum klub safida 5 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Express