MYU APL va Bundesliga yulduzlari bilan hujumni kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2025, 11:39
"Manchester Yunayted" Liam Delap "qizil iblislar" o'rniga "Chelsi"ni tanlaganidan so'ng hujum chizig'i uchun boshqa nomzodlarni qidirmoqda.

ESPN xabariga ko'ra, klub ikkita asosiy transfer maqsadini belgilab olgan – "Aston Villa"dan Olli Uotkins va "Leyptsig"dan Benyamin Sheshko.

Ikkala forvard ham Ugo Ekitike “Liverpul”ga, Viktor Gyokeresh "Arsenal"ga o'tganidan keyin short-listga kirdi.

Sheshko o'tgan mavsum 45 o'yin o'tkazib, 21 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan. Uotkins "Villa" uchun barcha musobaqalarda 54 o'yinda 17 ta gol va 14 ta golli uzatmani hisobiga yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN