MYU Aleks Sandroni sotib olish fikridan voz kechdi

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2018, 10:45
"Manchester Yunayted" klubi "Yuventus"ning chap qanot himoyachisi Aleks Sandroni sotib olish fikridan voz kechdi.

Bu haqda "Manchester Evening News" xabar berdi.

Ayni paytda 27 yoshli o'yinchi turinliklar bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.

Shu o'rinda MYU transfer oynasida qiziq variantlar paydo bo'lsa chap qanot himoyachisi xarid qilishni ko'rib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk