MYU 70 million evroga sotib olgan futbolchi umumiy mashg'ulotlarga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2024, 18:28
"Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoro jamoaning ochiq mashg'ulotida ishtirok etdi.

Bunga qadar futbolchi individual shug'ullanayotgandi. 18 yoshli himoyachi Angliya klubida hozirgacha umuman maydoga tushmadi. U iyul oyidagi mavsumoldi yig'inlar paytida jarohat olgandi. 

Yozda "qizil iblislar" uni "Lill"dan 70 million evro evaziga sotib olishgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com