Mxitaryan asosiy tarkibda maydonga tushadigan o'yin ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ma'lum qilishicha, yarim himoyachi Genrix Mxitaryan "Bristol Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi uchrashuvida o'ynashi mumkin.

28 yoshli futbolchi oxirigi marta 25 noyabr kuni "Brayton"ga qarshi APL uchrashuvida maydonga tushgan edi. Oldinroq, armanistonlikni Borussiya D qaytarmoqchi ekanligi e'lon qilingandi.

"Tarkibda o'zgarishlar qilaman, ammo bu bahsga jiddiy e'tibor qilishim kerak. Mxitaryan maydonga tushsa kerak. Maydonda hammaga joy yetmaydi. Zaxira o'rindig'ida ham balansni saqlab qolish kerak" - deydi Mourinyo.

"Bristol Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN