Muzaffar Muzaffarov "So'g'diyona"dan ketadi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2016
Jizzaxning “So'g'diyona” yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov yangi mavsumni boshqa klubda o'tkazadi.
"Aslida yozda "So'g'diyona"dan ketmoqchi bo'lgandim. Biroq Davron aka Fayziev meni qolishga ko'ndirgandilar. Mana bu klubda 2 yil davomida to'p tepdim. Endi o'z kuchimni boshqa klubda sinab ko'rmoqchiman. Jamoa muxlislariga minnatdorchilik bildiraman, ularni unutmayman. Dekabr oyi o'rtalarida yangi jamoa safida mashg'ulotlarni boshlasam kerak", - deydi Muzaffarov "Futbol Ekspress" gazetasiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia