

"Yashirmayman, menga "Neftchi"dan taklif bo'ldi. Lekin farg'onaliklarning taklifini qabul qilishga ikkilanib turibman. Chunki u yerda dadam ishlayapti va bir jamoada ota-bola faoliyat olib borishi men uchun biroz o'ng'aysiz. To'g'ri, farg'onalik muxlislar ham mening "Nfetchi"da to'p tepishimni istashmoqda.
Menimcha ikkinchi davrani ham "So'g'diyona" safida o'tkazaman. Chunki klub ketishimga ruxsat bermadi. Jizzaxlik muxlislar meni yaxshi ko'rishadi. Shu bois oxirida ularni rozi qilib keyin ketaman shekilli. Agar o'zimga qolsa boshqa klubga o'tgan bo'lardim, futbolchi sifatida o'sishni xohlayman", - deydi Muzaffarov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.



