Muzaffar Muzaffarov "Neftchi"da o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2017
Jizzaxning “So'g'diyona” yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov yangi mavsumni Farg'onada o'tkazadi.
"Mening "Neftchi"ga o'tishim dadam bilan bog'liq emas. Bu erga Andrey Fyodorov va Rustam Abdullaevning taklifiga binoan keldim. Vaholanki, dadam jamoaga kelishimga qarshi bo'lgandi va kelshimni xohlamagandi. "Neftchi" rahbarlari bilan gaplashganimdan keyin qaror qabul qildim. Dadam bosh murabbiy bo'lgan jamoada o'ynamayman deganman, hozir esa yordamchi murabbiylar", - deydi Muzaffarov "Futbol Ekspress" nashriga.




Eshitdik-da! Muzaffarov, Xolmuhammedov va Xolmurodov "So'g'diyona"dan kyetishdi

Muzaffar Muzaffarov "So'g'diyona"dan ketadi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia