Muzaffar Muzaffarov: "Bu mavsum 10ta gol urmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
31 mar 2016
Oliy liganing 3-turi oldidan Jizzaxning “Sug'diyona” klubi xujumkor yarim ximoyachisi Muzaffar Muzaffarov Namanganning “Navbahor” klubi bilan o'yini odidan o'z fikrlarini bildirdi.

- Muzaffar, "Navbahor" bilan o'yin oldidan fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?
- Shu kungacha juda jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamiz ruhan va jismonan o'yinga tayyor. Bizni qiyin o'yin kutmoqda. Ammo maqsadimiz bitta - G'alaba. "Navbahor" bizga doimo munosib raqib bo'lib kelgan.  Maydonga biz yutuq uchun, g'alaba  uchun va ochko uchun tushamiz.

- Ma'lumki "Sug'diyona"da tarkib borasida ancha o'zgartirishlar kiritilgan. O'yin davomida kim bilan ko'proq kombinaciyalar yaratasiz? Umuman kim bilan ko'proq ishlaysiz?
- Bu yilgi tarkib o'tgan yilgidan ancha kuchli. Maydonda esa ko'proq Sardor Sobirxo'jaev va Sanjar Rashidov bilan ishlayman.

- Muzaffar Muzaffarov yangi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?
- Avvalambor muxlislar ishonchini oqlash. O'tgan mavsumda 4ta gol kiritgan edim. Bu yil 10ta gol urishni o'z oldimga  maqsad qilib quydim.

Dildora Xolbaeva


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia