Muxtor Qurbonov ishga kirishdi. Tarkibda yangilar bor

8 yanv 2014, 09:04
G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi kechadan o'z qarorgohida yig'inni boshladi.
Muxtor Qurbonov 7 yanvar kuni rasman futbolchilarga bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Shundan so'ng yangi mavsum uchun hozirlik ko'rish boshlandi.

Bosh murabbiyning "SA"ga xabar berishicha 21 yanvarga qadar mashg'ulotlar G'uzorda bo'lib o'tadi. Shundan so'ng 3 kunlik qisqa tatil e'lon qilinadi va 25 yanvardan yig'in Toshkentga  ko'chadi. Fevral oyida ham klub poytaxtda mashg'ulot  o'tkazadi.

Tabiiyki bu orada jamoa bir nechta sinov-nazorat bahsida ham maydonga tushishni rejalashtirgan.

Qurbonovning aytishicha, o'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan aksariyat o'yinchilar bugungi kunda ham "Sho'rtan" bilan birga. Xususan Eldor Tojiboev, Asror Aliqulov, Jamol Otaqulov, Botir Qodirqulov, Olimjon Karimov kabi futbolchilar yig'inga kelib qo'shilgan.

Ulardan tashqari "NBU-Osiyo"ning yetakchi o'yinchilari bo'lmish, Islom Karimov, Arayk Boboev hamda Abdulatif Abduqodirov ham "Sho'rtan"ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Manba: championat.asia