Endi ular birinchi ligaga boshqa qaytmoqchi emas. Shu bois kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish niyatida. Bosh murabbiy Muxtor Qurbonov bilan suhbatlashganimizda, tarkibdagi o'zgarishlar xususida tayinli gap ayta olmasada, jamoaning qishki yig'in rejalarini ma'lum qildi.
- Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni to'rt bosqichdan iborat bo'ladi. Hozir futbolchilar tatilda. Lekin biz murabbiylar yangi rejalar borasida ishlayapmiz. 15 dekabr kuni yigitlarni G'uzorda yig'amiz. 28 dekabrga qadar tiklanish mashg'ulotlarini olib boramiz. So'ngra yangi yil munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi. Yangi yildan chinakam yig'in boshlanadi. Yanvar oyining uchinchi kunidan boshlab, Toshkentda yig'ilamiz va u yerda 18gacha mashg'ulot o'tkaziladi. Keyin uch kun yana dam berib, 21 yanvardan yana poytaxtda to'planamiz. Ikki haftalik yig'in o'tilgach, qisqa muddat dam olamiz. 5 fevral kuni esa xorijga jo'nab ketamiz. Turkiyada 19 fevralga qadar bo'lishni rejalashtirganmiz. To'g'risi, hozir chempionat taqvimi yo'qligi uchun hozircha rejamiz shulardan iborat. Qolganini vaqt ko'rsatadi - deydi Muxtor Qurbonov.
Islombek Rustambekov.