Ayni paytda Brisben shahrida bo'lib turgan muxlislarimiz o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rishmoqda. O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi sardori uchrashuvdan oldin Abdurahmon Fozilov saytimizga qisqa intervyu berdi.
"Xitoyga qarshi o'yin biz uchun juda muhim hisoblanadi. Xitoylik muxlislar juda ko'p bo'lishi tabiiy, lekin biz oldin aytganimdek ulardan ham yaxshiroq muxlislik qilmoqchimiz! Muxlislar bilan kelishib mehmonxonadan stadiongacha bo'lgan 3 kilometr masofani piyoda bosib o'tmoqchimiz. Stadionga qadar barchamiz barabanlarni chalib, o'yin-kulgu bilan boramiz. Nasib qilsa O'zbekiston terma jamoasi bugun xalqimizni xursand qiladi", - deydi Abdurahmon Fozilov.
Eslatib o'tamiz, Xitoy - O'zbekiston uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 19:00da (Toshkentda 14:00 bo'ladi) boshlanadi.
Narzulla Saydullaev