Muxlislari UEFAni cho'chqa sifatida ko'rsatgani uchun “Legiya” jazoga tortilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
1 sen 2014, 17:40
UEFA Polshaning “Legiya” klubiga nisbatan yana ish ochdi. Mamlakat chempioni muxlislari Yevropa Ligasi doirasidagi Qozog'istonning “Aktobe” jamoasiga qarshi uchrashuvda o'zlarini yomon tutishgan.
Haqoratomuz bannyerdan tashqari, fayerlardan ham foydalanishgan. Shuningdek, mezbonlarning o'yinga ko'rgan tashkilotchiligi ham past darajada bo'lgan. Hozirda UEFA ushbu holat yuzidan tekshiruvni boshlagan.

Eslatib o'tamiz, “Legiya” klubi garchi ikki o'yin natijasiga ko'ra Shotlandiyaning “Seltik” klubini Yevropa Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborgan bo'lsada, tarkibida diskvalifikaciyasi bor futbolchi maydonga tushgani uchun musobaqadan chetlatilgan edi. Navbatdagi jazoning qanday bo'lishi hozircha noma'lum.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com