Muxlislar Runini Angliya terma jamoasining 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2016, 16:47
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi muxlislar tomonidan Angliya terma jamoasining 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Runi 37% ovoz yig'ishga erishdi. Hujumchi milliy terma jamoadagi 8 o'yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Angliya yoshlar terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi nomiga "Stok Siti" posboni Jek Batlend loyiq topildi va ovoz beruvchilarning 54% uni tanladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FA